Buzz Aldrin




Oldrin Edvin (1930.20.1) — AQSH astronavt-uchuvchisi, Harbiy-Havo Kuchlari polkovnigi. AQSH Harbiy akademiyasini tugatgan (1951). AQSH ning Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi astronavtlari guruhiga qabul qilingan. 1966-yil noyabrda „Jemini-12“ kosmik kemasida kosmosga parvoz qilgan; 1969-yil iyulda „Apollon-11“ kosmik kemasida (N. Armstrong va M. Kollinz bilan birga) birinchi marta Oyga tarixiy parvozini amalga oshirgan. „Apollon-1 1“ kosmik kemasining oy boʻlmasida 20-iyulda Oyga qoʻngan va 21-iyulda O. Armstrongdan 20 min. keyin Oy sathiga qadam qoʻygan va 1,5 soat yurgan. Oyning orqa tomonidagi kraterga O. nomi berilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz