Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev




Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev (1896-yil, Fargʻona viloyati, Rishton tumani, Uyrat qishlogʻi — 1977-yil 25-may, Fargʻona shahri) — sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan irrigator (1964), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1927).

Tarjimayi holi



Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1896-yilda Rossiya imperiyasi tasarrufidagi Turkiston oʻlkasi Fargʻona viloyati Rishton volosti Uyrat qishlogʻida yollanma dehqon oilasida tavallud topgan. Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1916-yilda Rishtonda boʻlib oʻtgan qoʻzgʻolonda ishtirok etgan. 1916-yil 12-iyulda „Xoʻja Ilgʻor“ masjidi yonidagi jangda tayoq va toshlar bilan qurollangan rishtonlik qoʻzgʻolonchilar bilan birgalikda mahalliy pristav va uning qoʻriqchilariga hujum uyushtirgan. 1917—1923-yillari Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatini oʻrnatish janglarida qatnashgan. Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Pandigan qishloq soveti kotibi, volost oziq-ovqat otryadi inspektori (1917—1922), Rishton tumani Ijroiya qoʻmitasi kommunal xoʻjalik boʻlimi mudiri, oziq-ovqat otryadi inspektori (1922—1924), Bagʻdod tumani Ijroiya qoʻmitasi raisi (1924—1927; 1930—1933), Fargʻona okrug yer boʻlimi mudiri (1927—1929), okrug qishloq ittifoqi raisi (1929—1930), Izboskan (1933—1939), Oʻzbekiston (1939—1943) tumanlari, Fargʻona viloyati Ijroiya qoʻmitasi raisi (1943—1952), Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali ekspulatatsiya boshqarmasi boshligʻi (1952—1957) lavozimlarida ishlagan. Oʻzbekiston Kompartiyasi 10-syezdida Markaziy Komiteti aʼzosi, 12-syezdida esa Markaziy Komiteti aʼzoligiga nomzod etib saylangan. 2-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1946—1950), 2-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti (1947—1950) deputati boʻlgan.

Buzrukxoʻja Usmonxoʻjayev 1977-yil 25-may kuni Fargʻona shahrida vafot etgan.

Farzandlari



Erkin Usmonxoʻjayev (1926—1987) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Inomjon Usmonxoʻjayev (1930—2017) — Oʻzbekiston SSR davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi (1983—1988).

Unvon va mukofotlari




Xotira




Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz