Buzgalaxona




Buzgalaxona , Buzgala (toj. buzgʻola — tog echkisi, kiyik) — Boysun togʻlaridagi tor dara (Surxondaryo viloyatida). Shahrisabz bilan Termiz oraligida, granit va porfirdan tuzilgan. Uz. kariyb 3 km, eni 12—20 m. Bu dara tojikcha Darbandi ohanin (yoki Darai ohanin — „Temir darvoza“), arabcha Bobulabvob yoki Bobulhadid („Temir darvoza“), moʻgʻulcha Qahlugʻ („Boburnoma“da) yoki Temir Qahlaqa („Jome attavorix“da, xaalga(n) — „darvoza“ soʻzining buzilgan shakli), oʻrta asrlarda turkiyda Temir qapigʻ deb ham atalgan. Bir vaqtlar bu dara temir darvoza bilan toʻsilgan degan afsona ham bor. Hindiston bilan Samarqand orasidagi qadimgi karvon yoʻli ana shu daradan oʻtgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz