Buzar




Buzar (Abuzar Gʻiforiy) Jundub bin Janoda bin Sufyon bin Ubayd (?, Yaman–32 h.q./652 m. Rabza) – Islom diniga beshinchi boʻlib imon kiritgan sahoba. Paygʻambar Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin Shomga borib, oʻsha yerda yashaydi. Xalifa Usmon davrida Damashqda kambagʻallarni boylarga qarshi kurashishga chaqirgani uchun Muoviya uning ustidan xalifaga shikoyat qiladi. Xalifa Usmon uni Madinaga chaqiradi, suhbatlashganlaridan soʻng Madina yaqinidagi Rabzada yashashga buyuradi va oʻsha yerda vafot etadi. Buzar toʻgʻrisoʻz va haqiqatparastligi bilan mashhur boʻlgan. Buzardan 282 hadis rivoyat qilinadi.

Navoiy asarlarida Buzar ikki marta talmeh qilingan:

Yor isidur kom, keltursa sabo yoki shamol,

Doʻst taqririgʻa roviy xoh Buzar, xoh Anas.

(“Navodir ush-shabob”, 223-gʻazal)[1][2]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz