Ma’rifatning chegarasi — nafs va uning istak-xohishidan xoli bo‘lishdir. Tohir Maqdisiy
* * *
Kimki botil yo‘l bilan izzat talab qilsa, Alloh uni haq yo‘l bilan xor qilib qo‘yadi. Abulhusayn Sirvoniyi Sag‘ir
* * *
Har bir narsaning zangi bo‘ladi, qalb nurining zangi esa to‘yib ovqatlanishdir. Abu Sulaymon Doroniy
* * *
Odamlar bilan olovga muomala qilganingdek muomala qil: foydalaridan bahramand bo‘lginu, kuydirishlaridan ehtiyot bo‘l! Shaqiq Ibrohim Balxiy
* * *
Kimki o‘zining nazarida o‘zi xor ko‘rinsa, Allohu taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o‘zining nazarida o‘zi ulug‘ ko‘rinsa, Allohu taolo uni bandalarning nazarida xor qilib ko‘rsatadi. Abu Muzohim Sheroziy
* * *
Kimdaki bir yaxshi xislat ko‘rsang undan ajramaginki, albatta, uning barokotidan senga ham naf yetadi. Hamdun Qassor
* * *
Kimning ko‘ziga faqat o‘z yaxshiliklari ko‘rinsa, u odamlar nafratiga mubtalo bo‘ladi, agar faqat o‘z yomonliklari ko‘rinsa, odamlar nafratidan emin bo‘ladi. Mahfuz Muhammad
* * *
Insonning eski choponda yurgani birovning yangi to‘nini kiyib yurganidan yaxshiroq. Muhammad Hamid Tirmiziy
* * *
O‘zingni yaxshi ko‘rishing — o‘zingni halok qilishingdir. Abulhasan Soyig‘ Dinavariy
* * *
Tilning tavakkuli da’vo qiladi, qalbning tavakkuli ma’no beradi. Abu Ja’far Farg‘oniy
* * *
Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ishlarning quvvati va manbasidir. Abubakir Tamastoniy
* * *
Oliyhimmat bo‘l! Zotan, kishini jiddu jahd emas, yuksak himmat kamolga yetkazadi. Ja’fat Muhammad Nusayr Xuldiy Xavvos
* * *
Miyangdagi borini chiqarib tashla, qo‘lingdagi borini ehson qil va boshingga nima kelsa xotirjam qarshila. Shayx Abu Said Abulxayr
* * *
Ovqatlanishda o‘rtacha me’yorni saqlash, ya’ni o‘ta to‘q ham, o‘ta och ham bo‘lmaslik yaxshidir. Xoja Muhammad Porso
* * *
Barcha yaxshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavozedir. Barcha yomonliklar ham uy ichkarisida, uning kaliti esa takabburlikdir. Yusuf Husayn Roziy
* * *
Afzallik istasang, hech kimdan afzallik da’vo qilma, mum va malham bo‘lu jarohat bo‘lma! Birovdan senga yomonlik yetishini istamasang, yomon so‘zli, fikri buzuq, yomonlikni targ‘ib qiluvchi bo‘lma! Jaloliddin Rumiy