Buyuk xizmatlari uchun ordeni
"Buyuk xizmatlari uchun" nishoni — Oʻzbekiston oliy davlat mukofoti. 1996-yil 29-avgustdagi № 251-I sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida taʼsis etilgan. 2003-yilda nishon tavsifiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Bu orden bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda Oʻzbekistonning halqaro obroʻsini oshirishga qara tilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qoʻshganligi uchun taqdirlanadilar. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) qumushdan tayyorlanadi va 8 qirrali musamman koʻrinishida boʻlib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangan. Ordenning qalinligi 8 mm, ogʻirligi 65 g.
Nizom
Nishon taʼrifi
"Buyuk xizmatlari uchun" ordeni 0,25 mikron qalinlikdagi oltin bilan qoplangan 925 probali kumush qotishmasidan tayyorlanadi.
Orden sakkizqirrali yulduz koʻrinishida boʻlib, tomonlari yoqut rangida bajarilgan. Nurlar oʻrtasidagi tarashlangan uchbarglar koʻk rangda. Yulduzning qarama-qarshi tomonlari orasidagi masofa 57 millimetr. Orden markazida aylana joylashgan boʻlib, ramziy koʻk rangda tasvirlangan yer shari fonida oltin rangdagi Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi joylashgan. Tashqi chiziq boʻyicha aylana diametri — 35 mm, ichki chiziq boʻyicha — 24 mm. Aylananing tashqi va ichki chiziqlari oʻrtasida oq sir rangli fonida yuqori qismida oltin rangda
BUYUK XIZMATLARI UCHUN yozuvi joylashgan. Harflar balandligi 3 millimetr. Aylana chiziqlari oʻrtasida pastki qismida ikkita asosdan kesishib chiqqan yashil rangdagi Dafna butogʻi joylashgan.
Orden koʻtarilayotgan quyosh fonida qanotlarini yoyib turgan Xumo qushi koʻrinishida oraliq zarhallangan planka va xalqa yordamida qizil, koʻk, oq va yashil yoʻl-yoʻl chiziqlardan iborat muar lentaga bogʻlanadi. Ordenning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasi davlat gerbi aks ettirilgan. Pastida 1 millimetr oʻlchamda botiq yozuv bilan orden raqami tushirilgan.
Taqdirlanganlar
Manbalar
uz.wikipedia.org