Buyuk ozodlik xartiyasi




Buyuk ozodlik xartiyasi (Lotincha Magna Carta („Buyuk xartiya“) yoki Magna Carta Libertatum („Buyuk ozodlik xartiyasi“)) 1215-yil Angliyada imzolangan muhim xujjat. Bu ayni paytda dunyo tarixini oʻzgartirgan voqelik sifatida ham qabul qilinadi. Buyuk ozodlik xartiyasi qirolning vakolatlarini qisqartirishga qaratilgan eng dastlabki xujjatlardan biri sanaladi. Shu bilan birga xujjatda baron va ruhoniylarga ayrim yengilliklar beriladi. Qirol ruhoniylarning erkin sayloviga aralashmaydi. Oʻz vasallaridan keragidan ortiq toʻlov talab qilmaydi va baronlarni oʻzboshimchalik bilan qamay olmaydi. Ritsar va shaharliklar, shuningdek dehqonlarga ham maʼlum yengilliklar beriladi. 63 moddadan iborat boʻlgan bu xujjatga koʻra davlat amaldorlarining dehqonlar haq-huquqlarini himoya qilishi, belgilangan miqdordan ortiqcha xizmat va toʻlov olish taʼqiqlanishi belgilab qoʻyiladi. Ammo xujjatning bu moddasiga deyarli amal qilinmaydi. Nima boʻlgan taqdirda ham „Buyuk ozodlik xartiyasi“ bugungi konstitutsiyaviy tuzumga oʻtishdagi ilk qadamlardan biri sifatida qabul qilinadi.

Xujjatning qabul qilinishiga imkon bergan omillar.



Buyuk ozodlik xartiyasining qabul qilinishiga yoʻl ochib bergan omillar ayni vaqtda Angliyaning Normandiya tomonidan istilo qilinguniga qadar davom etadi. 150 yildan beri tinimsiz davom etib kelayotgan qirol va baronlarning kurashlari qirol Ioann Xll davrida yanada chigallashib ketadi. Baronlarning kuchini sindirish uchun qirol Ioann qoʻlidagi barcha imkoniyatni sinab koʻrishga harakat qiladi. Bundan gʻazablangan baronlar Fransiya bilan boʻlgan urushdan magʻlubiyatga uchragan Ioannga qarshi ochiqdan-ochiq urush qilishga qaror qilishadi. Baronlarning maqasadi koʻproq yer-mulk, imtiyoz hamda koʻproq qal’alarni qoʻlga kiritish edi. Oʻz talablarini yozma ravishda qirolga topshirishga kelishib olgan baronlar, qoʻygan talablari qirol tomonidan rad qilingan taqdirda, kuch ishlatishga kelishib olishadi.

Buyuk ozodlik xartiyasining eʼlon qilinishi



Shu tariqa baronlar 1215-yilda qirol bilan uchrashishadi. Uchrashuvdan soʻng qirol bu talablarni tez orada koʻrib chiqishini va ijobiy javob berishini aytadi. Lekin, soʻzida turmaydi. Bunga javoban baronlar qirolga qarshi bosh koʻtarishadi. Angliyaning yirik shaharlarini egallab olgan baronlar qirolni bu xujjatni imzolashiga majbur qilishadi. Yangi farmonga koʻra qirolning cheklanmagan hokimiyatiga barham beriladi. Va, unda qirol va baronlarning vazifasi aniq belgilab olinadi. Farmon ayni paytda baronlarga juda katta imtiyozlar beradi. Oddiy xalq esa bu kabi imtiyozlardan mosuvo boʻlib qolaveradi. Ayni paytda dehqonlarning yer bilan birga qoʻldan-qoʻlga oʻtish tizimi davom etadi.
Oddiy fuqarolardan koʻproq yuqori tabaqa vakillarining huquqlarini oʻzida jamlagan xujjat qirolning vakolatlarini koʻproq baronlar va ruhoniylar foydasiga cheklab qoʻyadi. Buyuk ozodlik xartiyasining 39-moddasi eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Bu modda bugungi kundagi qonunchilik asoslarining tamal toshini qoʻyganligi bilan ham ajralib turadi. Bu moddada shunday deyilgan:
"Hech qaysi ozod inson mamlakat qonunlaridan tashqari hibsga olinishga yoʻl qoʻyilmaydi, mol-mulki musodara qilinmaydi, qonundan tashqari deb eʼlon qilinmaydi, surgun qilinmaydi, unga hech qanday shaklda zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi"
Ioann, qirolning vakolatlarini qisqartirilishga qaratilgan ushbu xujjatni tasdiqlashdan boshqa chorasi qolmagan edi. Xujjatda mamlakatdagi 25 baronning qarori qirol farmonidan ustun ekanligi belgilab qoʻyiladi. Ammo keyinchalik bu xujjatga tomonlarning amal qilmaganligi tufayli papa Inokentiy lll tomonidan bekor qilinadi. Bu esa „Birinchi baronlar urushi“ga sabab boʻladi.

Buyuk ozodlik xartiyasining natijalari



U davrga qadar hokimiyat mutloq qirolga tegishli degan qarash hukmron edi. Buyuk ozodlik xartiyasi qabul qilingandan soʻng Lordlardan tashkil topgan parlament qirol bilan birga mamlakatni boshqara boshlaydi. Bu ayni paytda cherkovning hukmronligiga ham katta zarba boʻlgandi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Buyuk Ozodlik Xartiyasi (Magna Carta) haqida batafsil ma'lumot:

Buyuk Ozodlik Xartiyasi (lotincha: Magna Carta, ma’nosi — “Buyuk hujjat” yoki “Buyuk charter”) — 1215-yil 15-iyunda Angliya qirolligi tomonidan chiqarilgan tarixiy hujjat bo‘lib, u qirollik hokimiyatining chegaralanishini va fuqarolarning asosiy huquqlarini himoya qilishni ko‘zlagan.

Tarixiy kontekst

XIII asr boshlarida Angliya qirolligi I Jonn (John I) hukmronligi ostida edi. Qirolning asossiz soliqlar yuklashlari, xususiy mulk va didlarning ko‘plab buzilishi natijasida feodallar (boshliq va yirik yer egalari) va oddiy aholining noroziligi ortdi. Feodallar qiroldan huquqlarini va mulklarini himoya qilishni talab qilishdi.

Buyuk Ozodlik Xartiyasining maqsadi

1215-yil 15-iyun kuni feodallar va qirol o‘rtasida kelishuv bo‘lib, unda qirol I Jonn Buyuk Ozodlik Xartiyasini imzolab, o‘z hokimiyatining ayrim chegaralarini tan oldi va ko‘plab feodallar huquqlarini kafolatladi. Bu xujjat asosan qirollarning mutlaq hokimiyatini cheklashga qaratilgan edi.

Xartiyaning asosiy jihatlari:

Buyuk Ozodlik Xartiyasining ahamiyati:

Xulosa

Buyuk Ozodlik Xartiyasi — bu davlat hokimiyati va fuqarolar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qaratilgan asosiy hujjat bo‘lib, u demokratiya va inson huquqlari tarixida muhim qadam hisoblanadi. U orqali qirol huquqlarini cheklash va adolatli boshqaruvni ta’minlashning dastlabki sinovlari boshlandi.

Agar bu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot yoki xususiy jihatlarni o‘rganishni istasangiz, so‘rashingiz mumkin!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz