Buyuk Manchester bayrogʻi




Buyuk Manchesterda hozirda rasmiy bayroq hozirda yoʻq. Sobiq Buyuk Manchester okrugi kengashi 1974-yildan 1986-yilgacha boʻlgan davrda oʻz qurollarining geraldik bayrogʻidan foydalangan.

Buyuk Manchester okrugi kengashi



  Buyuk Manchester Metropolitan okrugi kengashi bayrogʻi . 1974-1986-yillarda Angliyada Buyuk Manchesterni boshqargan sobiq Buyuk Manchester okrugi kengashining ramzi hisoblangan edi. U Bayroq institutida roʻyxatga olinmagan, u tarixiy okruglardan tashqari okruglar uchun bayroqlarni roʻyxatdan oʻtkazmaydi.

Bayroq 1974-yilda Buyuk Manchester okrugi kengashi tomonidan qabul qilingan va Buyuk Manchester gerbidagi qalqon va tepalik dizaynidan kelib chiqqan. Dizaynning oʻzi Buyuk Manchester hududini ifodalovchi bir qator tashkilotlar tomonidan qoʻllaniladi. Masalan, sobiq Buyuk Manchester okrugi kengashi, Buyuk Manchester yongʻin va qutqaruv xizmati va Katta Manchester armiyasi kadet kuchlarini misol qilish mumkin.

Tavsif



Bayroq qizil fonda oʻnta oltin qalʼadan (3-2-3-2 qatorlarda joylashgan) iborat boʻlib, bu qalʼa jangovar uslubidagi oltin hoshiya bilan oʻralgan. Bu uslubdan foydalanish juda ham yaxshi oʻylangan edi.

Oʻnta oltin qal’a Buyuk Manchesterning shahar landshaftini va uning oʻnta metropolitan tumanlariga boʻlinishini ifodalaydi. Bolton, Beri, Manchester, Oldham, Rochdeyl, Tameside, Trafford, Salford, Stokport va Uigan kabilar kiradi. Qizil zamin ishchi kuchi va mintaqaning qizil gʻishtli meʼmoriy merosini ifodalaydi. Ikkalasi ham Buyuk Manchesterning sanoat oʻtmishidan meros boʻlib qolganini koʻrishimiz mumkin. Murakkab chegara mintaqaning birligi va umumiy kelajagini, uning dadil, hushyor va istiqbolli xarakterini ifodalaydi. Bu uslub bilan juda katta natijalarga erishishgan.

Foydalanish




Bayroq Manchester Piccadilly temir yoʻl stantsiyasidagi Milliy temir yoʻl idoralari oldida va Rochdeyl Town Hall oldida osib qoʻyilgani xabar qilingan.

Buyuk Manchester Qoʻshma hokimiyati




Hozirgi Greater Manchester Combined Authority sobiq Buyuk Manchester Kengashining ramzlaridan foydalanmaydi. Aksincha, hozirgi paytda uning bosh harflari va toʻliq sarlavhasidan iborat soʻz belgisidan foydalanadi.

Manbalar




Yana qarang




Andoza:Greater ManchesterAndoza:Subnational flags of the United Kingdom

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz