BUYUK LITVA KNYAZLIGI



BUYUK LITVA KNYAZLIGI — hozirgi Litva va Belorussiya hududlarining bir qismida joylashgan davlat (13— 16-asrlar). 13-asr oxiri — 14-asrda Belorus, ukrain va g’arbiy rus yerlarini bosib olish hisobiga kengaygan. Poytaxti — dastlab Trakay, so’ngra Vilnyus. Nemis ritsarlari bilan kurashish maqsadida Polsha bilan yaqinlashgan (Krevo uniyasi, 1385). 15-asr oxirida buyuk Knyaz hokimiyatini o’z nazorati ostiga olgan panlar Radasi tashkil qilindi. Livon urushi paytida Polsha bilan yagona davlat — Rech Pospalitata Birlashgan (Lyublin uniyasi, 1569).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz