Buyuk fashistik kengash




Buyuk fashistik kengash (italyancha: Gran Consiglio del Fascismo) — Italiyadagi davlat tuzilmasi. 1922-yildan 1943-yilgacha Italiya Bosh vaziri Benito Mussolinining fashistik diktaturasi davrida mavjud boʻlgan.

Tarixi



Buyuk fashistik kengash1922-yil dekabrida fashistik toʻntarish va Mussolinining mamlakat bosh vaziri etib tayinlanishidan keyin tashkil topgan. Kengash aʼzolari Mussolini tomonidan shaxsan tayinlangan. Mussolini esa uning doimiy raisi boʻlgan. Kengash tarkibiga hukumat vazirlari va fashistik partiya yetakchilari kirgan.

Kengash, ayniqsa, 1928-yildan keyin davlat organi maqomini olgandan keyin keng vakolatlarga ega bo‘ldi. Xususan, Kengash fashistik partiyadan deputatlarni saylash boʻyicha roʻyxatlarni tuzdi, partiya kotibini koʻrsatdi, partiya siyosatini ishlab chiqish bilan shugʻullandi, hukumat faoliyatini nazorat qildi va qonun loyihalarini parlamentga kirishdan oldin koʻrib chiqdi.

Kengash yigʻilishlari koʻpincha Mussolini qarorlarini maʼqullashdan iborat boʻlishiga qaramay, 1943-yilda u Mussolinini hukumat boshligʻi lavozimidan chetlashtirishga qaror qildi. Ushbu qarordan bir necha kun oʻtgach, partiya tarqatib yuborildi va kengash oʻz faoliyatini toʻxtatdi.

Aʼzolari



Bosh vazir Benito Mussolini (1928-yil 9-dekabr — 1943-yil 25-iyul)

Kuadrumvirs (Rimga yurishni boshqargan) — Mishel Bianki, Emilio De Bono, Chezare Mariya De Vekki va Italo Balbo.

Senat raisi va Italiya deputatlar palatasi prezidenti, 1939-yildan Fass va korporatsiyalar palatasining prezidenti.

Adliya, tashqi ishlar, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, taʼlim, korporatsiyalar vazirlari (Tullio Cianetti) va ommaviy madaniyat vaziri (Galeazzo Ciano, Dino Alfieri).

Italiya Qirollik akademiyasi prezidentlari

Milliy fashistik partiya kotibi (u ham Kengash kotibi).

Mussolini tomonidan shaxsan tanlab olingan va Kengashda 3 yil oʻrin egallagan turli shaxslar.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz