Buyrak (qishloq)
Buyrak — Buxoro viloyati Kogon tumanidagi qishloq. Etnotoponim. Oʻzbek urugʻlaridan birining nomi. Buyrak inson tanasidagi peshob hosil qiluvchi va uni ajratuvchi loviyasimon juft aʼzo. Baʼzi hayvonlarning shunday aʼzosidan pishirilgan taomga ham buyrak deyilgan. Mazkur atamaning joy nomiga aylanishi uchun shu xildagi taom tayyorlovchi va isteʼmol qiluvchi aholining mashgʻuloti sabab boʻlganligi ehtimol. Lekin buyrak atamasi koʻproq etnik nomni anglatadi.
Manbalar
Sarlavha matni
uz.wikipedia.org