BUYNAKSK
BUYNAKSK (1922 yilgacha Temirxon sho’ra) — Rossiya Federatsiyasi Dog’iston Respublikasining Markaziy qismidagi shahar. Katta Kavkaz tog’ining shimoliy etaklarida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 58,8 ming kishi (1999). Buynakskda oziq-ovqat sanoati korxonalari, ko’n poyabzal kombinati, trikotaj fabrikasi, agregat va shina remonti zavodlari, drama teatri bor. Buynakskda shim. Kavkazdagi eng yirik masjid va madrasalar joylashgan. 19- asr boshlarida Rossiya Dog’istonni bosib olgach, Buynakskga 1834 yil qal’a sifatida asos solgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz