“BUXOROYOG'” OCHIQ TURDAGI AKTSIYADORLIK JAMIYATI



“BUXOROYOG'” OCHIQ TURDAGI AKTSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoati korxonasi. “O’zyog’moytamakisanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi. Asosan o’simlik yog’i, sovun, shuningdek chorva uchun aralash yem ishlab chiqaradi. Loyiha quvvatiga ko’ra sutkasiga 300 tonna chigitni qayta ishlaydi. 1953 yilda ishga tushirilgan, 1994 yil iyundan hozirgi nomda. 1997 yildan Frantsiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar asosida “Somoniy” mineral suvi ham chiqariladi. Kelgusida yog’ni dezodaratsiya qilish va qadoqlash hamda aliflok ishlab chiqarish tsexlarini ishga tushirish rejalashtirilgan (2001).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz