Buxoro vino zavodi




Buxoro vino zavodi , „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiningvino zavodi — vinoaraq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi. „Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding“ kompaniyasi tarkibiga kiradi. Buxoro shahrida joylashgan. 1941-yilda Buxoro vino zavodi nomi bilan tashkil etilgan. 1994-yildan „Shohrud“ ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Asosan kuchsiz („Bayan shirey“, „Bihishti“, „Oq jilvon“, „Kizil jilvon“), kupli („Shohrud“) va desert („Jondor“, „Amiri“, „Kagor“) uzum vinolari, araq („Shoxrud“), balzam („Shifobaxsh“) brendi, konyak („Buxoro“) va uzum sharbatlari ishlab chiqaradi. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan olingan zamonaviy texnologik jihozlar oʻrnatilgan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz