Buxoro Va Samarqand Suv Taqsimoti
Buxoro va Samarqand suv taqsimoti — Zarafshon daryosining Samarqand va Buxoro vohalari oʻrtasidagi suv taqsimoti. Buxoro va Samarqand vohalarida suv taqsimoti Kadimdan to sunggi vaqtlargacha muayyan tartibda davom etib kelgan boʻlib, Zarafshon dehkonchiligi uchun yaroqli yerlarning ma’lum bir qisminigina sugʻora olgan, xolos. Qad. miroblar daryodagi suv sathining holatini "vaqti purob" (koʻp suvlik), "vaqti miyonob" (oʻrta suvlik) va "vaqti qillatiob" (oz suvlik) paytlariga boʻlganlar. Zarafshon suvi oʻrtacha boʻlgan paytlarda "nimjoʻy", ya’ni "yarim ariq" usulida taksimlangan. Daryoda suv oz boʻlgan paytlarda hamma suv Buxoroga tashlangan. Bu "obpartav", ya’ni "suv tashlash" deb atalgan. "Obpartav" faqat Buxoro shahrini suv bilan ta’minlash uchun qoʻllanilib, mavsumda 2-marta (may oyining 2-yarmi va avgustning oxirida) amalga oshirilgan. "Obpartav" muddati 2—4 haftaga choʻzilgan. Zarafshon suvi masalasida Buxoro Samarqandga qaram boʻlgan. Shuning uchun ham Zarafshon vodiysining yuqori qismi podsho Rossiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Samarqand ma’muriyati bilan Buxoro amirligi oʻrtasidagi munosabatlarda suv masalasi alohida oʻrin tutdi. 1872-yil har ikki tomon vakillari ishtirokida Samarqandda B. va Buxoro va samarqand suv taqsimoti t. komissiyasi tuziddi. Komissiya Buxoro va Samarqand oʻrtasidagi suv taqsimotining qad. tartiblarini muhokama qilib, mavsumda Buxoro uchun 2-marta — 15-apreldan 15-maygacha va 15 avgustdan 15-sentabrgacha daryoni "obpartav" yoki "nimjoʻy" qilishga qaror qildi. 19-asrning 80—90-yillarida Samarqand vohasida sugʻoriladigan dehqonchilik maydoni kengaytirilib, Zarafshon suvining koʻpi ana shu vohaning yuqori qismida sarf boʻla boshladi. Natijada Buxoro vohasi tez-tez suv tanqisligiga uchrab turdi. Suv masalasini B. va Buxoro va samarqand suv taqsimoti t. komissiyasi 1894, 1895 va 1902-yillarda qaytaqayta muhokama qildi. Komissiya Buxoro va Samarqand vohalaridagi sugʻoriladigan yer maydoni hajmini nazarda tutib, quyidagicha qaror qildi: 1) Zarafshonda suv qancha boʻlishidan qati nazar, daryo suvining uchdan ikki qismi (67%)ni Samarqandga, uchdan bir qismi (33%)ni Buxoroga tashlash; 2) mavsumda ikki marta (2-apreldan 20-aprel gacha va 18 avgustdan 5-sentabrgacha) Buxoroga tashlanadigan suv miqdorini koʻpaytirish. Ammo bu bilan B. va S. s t. masalasi hal boʻlmadi. 19-asr oxirlarida Zarafshonning yuqori oqimida suv omborlari barpo etish va Buxoroga Amudaryodan suv chiqarish gʻoyalari paydo boʻldi. Bu gʻoyalar 20-asr 60-yillariga kelib uzilkesil amalga oshirildi: vohaning sugʻorish sistemasi qayta qurilib, gidroinshootlar koʻpaytirildi, Zarafshon boʻylab "Oq va Qora daryo suv ayirgʻichi", Harxoʻr, Shohrud, Shofirkon va boshqa yirik gidrouzellar qurildi, Kattaqoʻrgon, Quyimozor suv omborlari, AmuQorakoʻl kanali va AmuBuxoro mashina kapali kabi ulkan sugʻorish inshootlari toʻliq qurilib, ishga tushirildi.Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Axmad Donish, Istoriya mangitskoy dinastii, Dushanbe, 1967; Muhammadjonov A., Zarafshon vodiysiningsuv xoʻjaligi tarixidan, T., 1959.Abdulahad Muhammadjonov.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org