Buxoro tibbiyot instituti
Koordinatalari: 39°46′15.364649363181″N 64°25′23.239328263708″E / 39.77093462482310571°N 64.42312203562880768°E / 39.77093462482310571; 64.42312203562880768 G O
Buxoro Davlat Tibbiyot iInstituti (
BSMI ) — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlib, Respublika va Oʻrta Osiyo mintaqasidagi malakali, chuqur bilimga ega shifokorlarni yetishtirib beruvchi oliy bilim maskani hisoblanadi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti
Tarix
Buxoro davlat tibbiyot instituti 1990 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. 1991 yil mart oyida xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi Prezidiumi qarori bilan unga „Abu Ali ibn Sino“ nomi berilgan. Tibbiyot fakulteti 1991-yil, stomatologiya fakulteti 1992-yil, Oliy malakali hamshiralar kafedrasi 1999-yil, tibbiy pedagogika kafedrasi 2001-yil va pediatriya kafedrasi 2016-yilda tashkil etilgan.2018-yildan tibbiy profilaktika va tibbiy biologiya sohasida 2 ta yangi yo‘nalish yaratildi. Hozirgi kunda institutda 8 ta fakultet, 43 ta kafedra, jumladan, 8 ta yoʻnalish boʻyicha bakalavriat, 23 ta mutaxassislik boʻyicha magistratura va 40 dan ortiq mutaxassislik va 20 ta qoʻshma dasturlar boʻyicha klinik ordinatura yoʻnalishlari mavjud. Institutda jami 8500 dan ortiq talaba va rezident tahsil oladi. Institutda jami 480 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan, 50 nafar fan doktori, 18 nafar professor, 210 nafar fan nomzodi va dotsent, 100 nafar katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Institutda hozirda o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida darslar olib borilmoqda. Institut yangi tahrirdagi „Taʼlim to‘g‘risida“gi qonunga muvofiq 8 ta yo‘nalish bo‘yicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlaydi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorlari
Institutning tarixiga nazar solsak.
Akram Ibragimovich Muminov institutning birinchi rektori boʻlib, 1990-1995 yillarda faoliyat olib borgan. 5-6 yil davom etgan samarali sermahsul faoliyati mobaynida Buxoro davlat tibbiyot institutining ishlab chiqilgan konsepsiyasiga muvofiq oʻquv — tarbiya jarayonining, ilmiy — uslubiy va xoʻjalik faoliyatining yangicha, mustaqil dasturini taʼlim tizimida muvaffaqiyatli joriy qilinishiga, dastlabki umumiy va bioorganik kimyo, tibbiy va biologik fizika, tibbiy biologiya va irsiyot, tillar, normal anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya, biologik kimyo va boshqa kafedralarning birin ketin — tashkil etilishi va shakllanishiga bosh qosh boʻlgan.
1995-1996- yillarda institut rektori vazifasini tibbiyot fanlari doktori, professor
Rauf Yuldoshevich Omirov vaqtincha bajarib, oliygohda taʼlim — tarbiya ishlarini takomillashtirishga munosib hissa qoʻshgan. Institut strukturasi, institutning kafedralar tizilmasi, oʻquv — uslubiy, ilmiy ishlarini yanada takomillashtirib institut faoliyati muvofiqlashtirishga erishildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1996 — yilda institut rektori ilmiy ishlar prorektori boʻlib ishlab kelayotgan hamda „Fakultet va gospital xirurgiya“ kafedrasi mudiri,
Rahmat Mahmudovich Axmedov rektor etib tayinlangan va 1996-2012- yillar davomida yaʼni 16 yil rahbarlik qilgan. U institutning yanada rivojlanishiga faol hissa qoʻshdi. Uning rektorligi davrida oliy hamshiralik ishi fakulteti va tibbiy — pedigogika fakultetlari birin — ketin ochildi. Raxmat Maxmudovich samarali kadrlar tayyorlashga katta eʼtibor berdi. Institut oʻz asoschichi tomonidan qoʻyilgan anʼanalarini saqlab, uning faoliyatini davom ettirdi, yangi boʻlimlar ochildi, ilmiy tadqiqot ishlariga katta eʼtibor qaratildi. U insonning rektorlik davrida institutning ilmiy salohiyati 2 baravar oshdi. Viloyat aholisi salomatligi holatining dolzarb masalalariga bagʻishlangan turli konferentsiya va kongresslar tashkil etildi.
Institutga 2012 — yil 6- iyuldan tibbiyot fanlari doktori
Toxir Askarovich Askarov rektor etib tayinlangan va 2017 — yil mart oyiga qadar rahbarik qilgan. U rahbarlik qilgan yillarda kafedra va fakultetlarni takomillashtirish ishlari faol yoʻlga qoʻyildi. Toxir Askarovich rahbarlik qilgan davrda institutga birinchi marta magistratura yoʻnalishlari uchun kvota ajratildi. Institutning birinchi qaldirgʻochlari „Morfologiya“ ixtisoslari magistralari boʻlgan.
Fakultetlar
2. Stomatologiya fakultetda Jami 815 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 210 ta grand va 605 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 210 talaba qabul qilindi. Grand 58ta va kontrakt 152 ta. Oʻqish muddati 5 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
3. Pediatriya fakulteti Jami 719 ta talaba tahsil oladi Ulardan 257 ta grand va 462 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 217 talaba tahsil olyapti.. Grand 68 ta va kontrakt 149 ta. Oʻqish muddati 6 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
4. Tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya va xalq tabobati fakulteti Jami 409 ta talaba tahsil oladi. Ulardan 44 ta grand va 365 ta kontrakt. 2022-2023 oʻquv yilida 142 talaba qabul qilindi. Grand 13 ta va kontrakt 129 ta. Oʻqish muddati 5 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
5. Xalqaro talabalar fakulteti Jami 915 ta talaba tahsil oladi 2022-2023 oʻquv yilida 53 talaba qabul qilindi. . Oʻqish muddati 6 yil boʻlib, fakultet tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
6. Shifokorlar malakasini oshirish fakulteti 2022-2023 oʻquv yilida 206 shifokorlar tahsil oladi. Oʻqish muddati 3 yil.
Malumotlar uchun:
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org