Buxoro otostegiyasi




Buxoro otostegiyasi  — Janubi-Gʻarbiy Pomir-Oloyning juda kam saqlanib qolgan, yoʻqolish arafasida turgan kamyob endemik oʻsimligi.

Qisqacha tavsifi



Boʻyi 120 cm ga yetadigan kulrang poyasi yuqori qismigacha yogʻochlanadigan yarim buta.Bir yillik novdalari noaniq toʻrt qirrali, sargʻish-oq rangli, tukli.Barglari keng tuhumsimon, bandsiz, toʻmtoq, koʻkimtir-yashil rangli, hurpaygan qalin tukli.Gullari bandsiz, barg qoʻltigʻida 5-8 tadan halqa hosil qilib joylashgan. Guloldi bargchali kuraksimon. Tojbarglari 10-14 mm uzunlikda, oq rangli. Iyun-avgust oylarida gullab,mevasi sentyabr-oktyabrda yetiladi.

Tarqalishi



Surxondaryo viloyati:Shoʻrob,Darband va Goʻrxoji qishloqlari atroflarida bir-birdan ajralgan ikkita populyatsiyasi mavjud.Boshqa populyatsiyalari ma'lum emas.

Oʻsish sharoiti



Togʻ oldi va togʻ etaklarida, gipsli tepaliklarda, gipsli qoyalarda va baʼzan gipsli ohaktoshlarda oʻsadi.

Soni



Shoʻrob va Darband atroflaridagi populyatsiyada tuplar soni 1800 dan oshmaydi. Goʻrxojidagi populyatsiyada 3000 atrofidagi tuplar oʻsishi aniqlangan.

Ko'chirib o'tish yo'li orqali bu o'imlikning 14% saqlab qolingan.

Buxoro otostegiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qizil(Flora) kitobiga kiritilgan.

Koʻpayishi



Urugʻidan ko'payadi. Ammo keyingi tadqiqotlar davomida urugʻidan koʻpaygan yosh tuplari qayd etilmagan

Oʻsimlik soni va areyalining oʻzgarish sabablari



Chorva mollarning koʻplab boqilishihamda oʻsimlik urugʻiga turli hasharotlarning zarar keltirishi oʻsimlikning kamayishiga sabab boʻlmoqda.

Madaniylashtirish



OʻzR FA Botanika bogʻida oʻstirish ishlari yaxshi natija bermadi.

Muhofaza choralari



U oʻsib turgan joylarda buyurtmaxona tashkil qilish lozim.

Havolalar



1.https://www.plantarium.ru/page/view/item/26133.html -> Buxoro otostegiyasi va shu oilaga kiruvchi oʻsimliklarning rasmlari va ular haqida maʼlumotlar.
2.https://www.academia.edu/43591428/Translocation_of_Otostegia_bucharica_a_highly_threatened_narrowly_distributed_relict_shrub -> Buxoro otostegiyasini parvarishlash va ko'chirib o'tish haqida ingliz tilidagi kitob.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz