Buxoro otaligʻi
Buxoro otaligʻi (
Buyuk otaliq[1] ) (oʻzbekcha: Buxoro otalig'i, Otaliq[2].) Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi davridan boshlab 1601-1753-yillardagi oliy mansab unvonidagi davlat amaldori.
Otaliq — boʻlajak xonning yoki shahzodalarning tarbiyachisi hisoblanib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „ota oʻrnini egallash“ maʼnosini bildiradi va anʼanaga koʻra ushbu unvon hurmatli va nufuzli kishilarga berilgan.
Otaliq unvoni tarixi
Kavkaz xalqlari, keltlar, arablar va boshqalarda badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash alohida xizmatkorlar yollashgan. Farzand maʼlum yoshga yetganda oilasiga qaytgan; 2) Saljuqiylar davrida (1038—1194) sulton eʼtiborini qozongan kishilarga berilgan mansab. Oltin Oʻrdada (1224 — 1483-yillarda) taxt vorisini tarbiyalovchi oliy mansabdor shaxs sifatida otaliq unvoni ayniqsa hurmatli va nufuli shaxslarga berilgan.
Buxoro xonligidagi maqomi
Oʻzbek xonligida ham (1428 — 1468) otaliq unvoni mavjud boʻlgan. Abulxayirxonning nabirasi Shayboniyxon Movarounnahrni bosib olgandan keyin Shayboniylar davlatida ham ushbu unvon joriy qilingan.
Shayboniylar davrida maqomi
Buxoro xonligida Shayboniylar davrida (1500 — 1601) otaliq unvoni devonbegi va naqibdan keyingi uchinchi davlat lavozimi edi. Xonning viloyatlardagi siyosati bu lavozimga tayinlangan shaxslarning harakati va sodiqligiga bogʻliq edi. Xon viloyatlarga shahzodalarni hokim etib tayinlab, ularga oʻziga sodiq xalq orasidan ustoz — otaliqlarni biriktirib qoʻygan, shahzodalar voyaga yetgunga qadar davlat ishlarini boshqargan.XVI asrda otaliqning vazifasi faqat joylarda, viloyatlarda shahzodalar nomidan davlat ishlarini olib borishdangina iborat boʻlsa, Ashtarxoniylar davridga kelib uning roli yanada kuchaydi
Ashtarxoniylar davridagi maqomi
Ashtarxoniylar davridagi Buxoro otaliqlari (1601 — 1753) siyosiy hokimyatda xondan keyingi ikkinchi oʻrinni egallagan. Kuchsiz xonlar davrida, baʼzan, hokimiyat otaliqlar qoʻlida toʻplangan edi.
XVII asr hujjatlarida Buxoroda otaliq birinchi vazir sifatida faoliyat yuritgan va rasmiy hokimyatdan birinchi oʻrinni egallagan. Otaliq unvoniga tayinlanyotganda nomzodga faxriy chopon va ot hadya etilgan
XVIII asrda tuzilgan martabalar jadvaliga koʻra, Buxoro otaligʻi amirlikning sugʻorish ishlariga ham boshchilik qilgan: „U Buxoro daryosi (Zarafshon)ning Samarqanddan Qoraqumgacha boʻlgan qismiga rahbarlik qilgan“.
Nodirshohning Oʻrta Osiyoga yurishi chogʻida Muhammad Hakimbiyga Buxoro xonligida katta vakolatlar berilgan, shundan soʻng u "amiri kabir" — „buyuk amir“ deb atala boshlagan. Buxoroda ikki tomonlama hokimiyat amalda oʻrnatilgan.
Balx viloyatidagi maqomi
Ashtarxoniylar davrida davlatning Buxoro shahridan keyin ikkinchi muhim shahri Balx shahri edi. Odatda Buxoro xonligining Balx viloyatidagi hokimi taxt vorisi hisoblanardi. Koʻpincha taxt vorisi juda yosh boʻlardi va unga davlatning eng yuqori martabadagi otaliq unga regent sifatida tayinlangan.
XVIII asr boshlarida
Balx otaliqlari viloyatlardagi barcha hokimiyatni oʻz qoʻliga olib, jiddiy noroziliklar keltirib chiqarishgan. Buxoro xoni ular bilan jiddiy hisob-kitob qilishga, turli murosa va ziddiyatlarga borishga majbur boʻlgan.
"Tarixi Muqimxoniy" asarida bunday holatlar bir qancha keltirilgan. XVIII asr boshlarida Balx viloyatining maʼmuriy chegaralari Hirot viloyatidan Badaxshongacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan
Ashtarxoniylar Balx viloyatiga eng yirik maʼmuriy, harbiy va savdo markaz sifatida alohida eʼtibor qaratganlar, negaki Balx viloyati sharqda amalda mustaqil Badaxshon bilan chegaradosh, janubda esa Boburiylar Imperiyasiga tutashgan edi.
Buxoro amirligidagi maqomi
1740-yildan boshlab Buxoro xonligidagi amaldagi hokimiyat oʻzbeklarning Mangʻit urugʻidan boʻlgan otaliqlar Muhammad Hakim-bey (1740 — 1743-yillar), Muhammad Rahimbiy (1745 — 1753-yillar) va Doniyolbiy (1758 — 1785-yillar) qoʻlida edi. Buxoro xonlari butunlay ularga qaram boʻlib chiqdi.
1785-yilda otaliq Doniyolbiy va amalda qoʻgʻirchoq xon Abulgʻoziy vafotidan soʻng uning toʻngʻich oʻgʻli Shohmurod (1785 — 1800) amir unvoni bilan mamlakatni boshqara boshladi. Keyinchalik, xonlikdan keyingi unvon hisoblangan otaliq martabasi XIX asrda oʻz ahamiyatini yoʻqotib, oʻrnini qoʻshbegi lavozimiga boʻshatib berdi.
1887-yilda Ostonaqulbiy eng oliy unvon — otaliq unvonini oldi. Buxoro amirlari davrida amirlikda Ostonaqulbiydan boshqa hech kimning otalik martabasi boʻlmagan.
Buxoro otaliqlari
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org