Buxoro okrugi





Buxoro okrugi  — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.

Tarixi



Buxoro okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Buxoro shahri.

1929-yilga kelib okrug tarkibida 8 ta tuman boʻlgan: Buxoro, Vobkent, Gʻijduvon, Qorakoʻl, Yangi Buxoro, Romitan-Xayrobod, Sultonobod va Shafrikent.

1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Buxoro okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.

Aholisi



1926-yilda okrug aholisi 389,8 ming kishi boʻlgan. Shundan o‘zbeklar 82,5%, tojiklar 6,8%, ruslar 3,3%, forslar 1,4% ni tashkil etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz