Buxoro hammomlari




Buxoro hammomlari — dastlab Somoniylar sulolasi davrida Buxoro shahrida bunyod etilgan boʻlib, choʻmilish, poklanish uchun qurilgan maxsus bino. XVI asrda Buxoroda qurilgan Misgaron, Sarrafon va Kunjak kabi hammomlar hozirgacha saqlanib qolingan.

Tarixi



Buxoro hammomlari quduq suvi bilan taʼminlangan va alohida tazar (kanalizatsiya quvuri) orqali suvlar oqizilgan. Shaharda koʻplab gʻuslxonalar va hamom mavjud boʻlgan. Buxoro hammomlari asosan madrasa, masjid, bozorlar va boshqa tarixiy binolar markazlari oldida qurilgan. Hammomlar koʻp xonali, yer ostida gumbazsimon shaklda bunyod etilgan. Hammomlar pol osti kanallar orqali issiq havo bilan isitilgan. Buxoro hammomlari asosan pol qismi marmar va toshdan boʻlgan. Hammomlarni yoritish va havosini yangilib turish maqsadida gumbazlar choʻqqisi oynaband qilib ishlangan. Oʻrta asrlarda Buxoro hamomlari „garmoba“ deb nomlangan boʻlib, ichki va tashqi meʼmoriy uslubi oʻzgarmasdan birdek saqlanib kelingan. Hammomlarning ichki qismi dam olish va yechinish kabi xonalardan iborat boʻlgan. Undan soʻng tor yoʻlak oraqali oʻtiladigan „poyshoʻyxona“ (oyoq yuviladigan xona) joylashgan. Ushbu xonadan keyin gumbazli „miyonsaroy“ (oʻrtasaroy) deb atalgan zalga oʻtilgan. Bu yerda „xunukxona“ (sovuq suv bilan yuvish xonasi) va „garmxona“ (issiq suv bilan yuvish xonasi) va toat-ibodat amallarini ado etishga moʻljallangan mehrob boʻlgan. Hamomda mijozlarning issiq va sovuq suvda choʻmilishi uchun maxsus joy boʻlib, u „miyonsufa“ deb nomlangan. 1558-yil Buxoroga tashrif buyurgan ingliz sayyohi Antoniy Jenkinson Buxorodagi hammomlar haqida shunday deydi: „Ayniqsa hammomlar shunday koʻrkam qurilganki, bunaqasi dunyoning hech qayerida yoʻq“. XVI—XVII asrlardagi vaqf hujjatlariga koʻra Buxoroda Tirkashdoʻzon, Xiyobon (Xoja Habibulloh), Zargaron, Registon, Gʻoziyon, Shohi minor, Mohichapazi, Joʻybor, Govkushon, Kappa, Sari Bozori Registon, Gʻaribiya, Kovushfurushon kabi hammomlar faoliyat koʻrsatgan.

Buxoro hammomlari




Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz