Buxoro gʻichmolasi




Buxoro gʻichmolasi  —Oʻsimliklar dunyosiga kiruvchi, Janubi-Gʻarbiy Pomir-Oloyga xos soni qisqarib borayotgan, endemik tur.

Qisqacha tavsifi



Boʻyi 20-50 cm, bir yillik oʻsimlik. Bu oʻsimlik bir vegetatsiyon yil yoki mavsum yashaydi.Poyasi tik, qalin oq tukli.Barglari bandsiz yoki qisqa bandli, yumaloq-tuhumsimon, uzunligi va eni 3-5 cm atrofida, oq momiq tukli, asosi yumaloq yoki yuraksimon. Gajak toʻpguli bir tomonga qayrilgan, gullari juft yoki 3-4 tadan iborat, ikki uyali,2-3 cm uzunlikda,mevalaganda yana ham uzayadi, oq qalin tuklar bilan qoplangan. Gulkosachasi qalin tukli, uunligi 3 mm atrofida, kosacha boʻlaklari toʻmtoq.Guli sariqyoki oq. Ustunchasi qisqa va tuksi. Tumshuqchasi konus-bigizsimon, ustunchadan 2-3 marta uzun. Yongʻoqchasi silliq, tuksiz, choʻziq,1-5 mm uunlikda. May-iyunda gullab, iyul-avgustda mevalaydi. Bu oʻsimlik zaxarli boʻlib, uni isteʼmol qilish man etilgan.

Tarqalishi



Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari:Hisor togʻlarining janubi-gʻarbiy qismida tarqalgan. BU oʻsimlikni urugʻlash va boʻlish usullari bilan koʻpaytirish mumkin. Urugʻ orqli koʻpaytirish juda ommalashgan usul.

Oʻsish sharoiti



Tub jinsli, ola tusli hamda gipsli tuproqlarda oʻsadi. Bu oʻsimlik parvarishlash kerak emas. U oʻz holda oʻsadi.

Soni
Aniqlanmagan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil(flora) kitobiga kiritilgan.

Oʻsimlik soni va aryealining oʻzgarishi sabablari



Asosan tub jinsli va ola tusli tuproq qatlamlardagina oʻsishi bu oʻsimlik turining tarqalishini cheklaydi.

Madaniylashtirilishi



Buxoro,Navoiy va Qashqadayo viloyatlarida muhofaza qilinadi.

Havolalar



1.https://www.plantarium.ru/page/view/item/18438.html -> Buxoro gʻichmolasi va shu oilaga mansub oʻsimliklar fotosuratlari.

2.https://www.earthandjungle.com/variety/VaNCNt1Z/heliotropium-bucharicum -> Buxoro gʻichmolasini qanday uy sharoitida oʻstirish, parvarishlash haqida inglicha maʼlumotlar.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz