Buxoro (futbol klubi)




Buxoro futbol klubi) — 1989-yilda Buxoro shahrida tashkil topgan oʻzbek futbol klubi. Mamlakatning ikkinchi muhim futbol divizioni — Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi.

Tarixi



Jamoa nomlari tarixi




1960-yilda tashkil etilgan, ammo bir yil avval tarqatib yuborilgan „Buxoro“ jamoasi oʻrniga 1989-yilda „Nurafshon“ futbol klubi sifatida tashkil etilgan. 1989-yilgi debyut mavsumida „Nurafshon“ O‘zbekiston SSR chempionligini qoʻlga kiritdi, shuningdek, Oʻzbekiston SSR kubogida ham ishtirok etdi. 1990-yilda klub SSSR chempionati Ikkinchi kichik ligasining 9-divizioni gʻolibi boʻldi va Ikkinchi ligaga yoʻllanma oldi. 1991-yilgi SSSR tarixidagi soʻnggi chempionatda „Nurafshon“ mavsum yakuniga koʻra Ikkinchi liganing „Sharqiy“ zonasida 4-oʻrinni (22 ta jamoa orasida) egallagan. 1992-yildan Oʻzbekiston milliy chempionatida ishtirok eta boshladi. Oʻzbekiston chempionatining ilk mavsumida mamlakatning qolgan 16 jamoasi qatori „Nurafshon“ ham Oliy ligadan joy oldi. 1992-yilgi mavsum yakunlariga koʻra, Buxoro klubi sensatsion tarzda bronza medali sohibi Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ jamoasidan atigi 1 ochkoga ortda qolib, 4-oʻrinni egalladi. 1993-yilda „Nurafshon“ 5-oʻrinni egallagan boʻlsa, 1994-yilgi mavsumda kumush medal sohibiga aylandi: amaldagi chempion — Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasidan 7 ochkoga ortda qoldi va bronza medali sohibi — Namanganlik „Navbahor“dan 4 ochkoga oldinga chiqib oldi.

Klub 1996-yilgacha „Nurafshon“ deb atalgan boʻlsa, 1997-yildan boshlab oʻzining asl nomi — „Buxoro“ga oʻzgartirilgan. 2009-yilgacha jamoa uzluksiz Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan.

Bu davrda Buxoro klubi mavsum yakunlariga koʻra, asosan turnir jadvalining oʻrtalarida yoki oxiridagi (5-oʻrindan 15-oʻringacha) oʻrinlarni egallagan.

2009-yilgi mavsumda „Buxoro“ soʻnggidan oldingi 15-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston chempionatining Birinchi ligasiga tushib ketdi.

2010-yilda „Buxoro“ Birinchi liga gʻolibiga aylanib, „Soʻgʻdiyona“dan 8 ochkoga oʻzib, Oliy ligada oʻynash huquqini qaytarib oldi.

2011-yilgi mavsumdan boshlab „Buxoro“ yana Oliy liganing doimiy ishtirokchisi boʻlib, 2018-yildan buyon Oʻzbekiston Superligasi nomini olgan.

2020-yilgi mavsum yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning eng yuqori reytingdagi „Superliga“sida 12 ta klub orasida soʻnggi oʻrinni egallab, „Proliga“ga yoʻl olgan. 2021-yil 19-martda Buxoro klubi ramzi o'zgartirildi. 2021-yil 13-iyulda yana Nurafshon professional futbol klubi deb nomlandi. 2022-yil „Buxoro“ klubi Pro ligada Andijonning „Andijon“ klubidan 7 ochko ortda qoldi va 2-oʻrin bilan Oʻzbekiston Superligasiga yoʻl oldi.

Mahalliy tarix




Stadion



„Buxoro“ oʻz uy uchrashuvlarini yirik „Buxoro“ sport majmuasi tarkibiga kiruvchi "Buxoro Arena" (Buxoro nomi bilan ham mashhur) stadionida oʻtkazadi.

Stadion 22 700 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, Buxoro va Buxoro viloyatidagi eng yirik stadion hisoblanadi. „Buxoro Arena“ Oʻzbekiston chempionatining eng koʻp tashrif buyuradigan stadionlaridan biri hisoblanadi. „Buxoro“ PFKning har bir oʻyinida stadion muxlislar bilan toʻlib ketadi.

Ayollar jamoasi




Yutuqlar



Oʻzbekiston chempionati

SSSR chempionati

Jamoa tarkibi



11 May 2022

Klub hodimlari




Murabbiylar shtabi



2023-yilgi mavsum uchun murabbiylar shtabi.

Boshqaruvl tarixi




Mashhur futbolchilar




Sobiq SSSR davlatlari

Yevropa

Osiyo

Afrika

Muxlislar, asosiy raqiblar, derbi, taxalluslar



„Buxoro“ O‘zbekistondagi eng yirik muxlislar armiyasidan biriga ega. Deyarli har bir oʻyinda "Buxoro Arena" tribunalari muxlislar bilan toʻlib ketadi.

„Buxoro“ning asosiy raqibi qoʻshni Samarqand viloyati poytaxti boʻlgan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi hisoblanadi. „Buxoro“ va „Dinamo“ muxlislari oʻrtasida doʻstona munosabatlar mavjud boʻlib, agar oʻyinda mamlakatning boshqa klublari ularning klublariga raqib boʻlib qolishsa, muxlislar har ikki jamoani ham qoʻllab-quvvatlaydilar.

„Qadimiy shaharlar derbisi“ deb ataluvchi musoba mamlakatimizda juda mashhur boʻlib, uning ishtirokchilari boʻlib „Buxoro“ va Samarqandning „Dinamo“ jamoalari hisoblanadi. Har ikki klub ham Oʻzbekiston va dunyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Vaqti-vaqti bilan „Buxoro“, „Spartak“ (Buxoro), qoʻshni Gʻijduvon va Vobkent shaharlarining „Gʻijduvon“ yoki „Vobkent“ klublari oʻzaro oʻynasa, „Buxoro derbisi“ boʻlib turadi.

„Buxoro“ klubining koʻplab taxalluslari bor: „Buxoroliklar“; „Choʻl jangchilari“ — markazida Buxoro shahri joylashgan butun Buxoro vohasi choʻl bilan oʻralganligiga ishora beradi; „Koʻhna shaharliklar“ — Buxoroning qadimiyligi tufayli; „Amir klubi“ — 1920-yilgacha mavjud boʻlgan Buxoro amirligi va uning boshligʻi — amir sharafiga.

Buxorolik futbolchilar yirik xalqaro turnirlarda



Turnirlar vaqtida klubning faol aʼzosi boʻlgan „Buxoro“ futbolchilari koʻrsatilgan.

Turnir Ishtirokchi

Osiyo Kubogi  — 2019 — Arslonmurod Amanov

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz