Buxoro davlati Toji ordeni
Buxoro davlati Toji ordeni 1886-yilda Buxoroda amir Abdulahadxon tomonidan taʼsis etilgan.
Orden tavsifi
Ordenda arab imlosidagi „Poytaxt Buxoroi Sharif mukofoti“ va amir hukmronligi boshlangan sana yozuvi tushirilgan. Orden toʻliq aksessuarlarga: nishon, yulduz va qizil lentaga ega boʻlganligi sababli qiymati jihatidan oʻzidan oldingi „Buxoroi Sharif“ ordenidan oshib ketdi. Orden romb shaklida boʻlib, katta va kichik olmoslar bilan bezatilgan, medaloni emallangandi. Orden markazi „Buxoro davlati Toji“ yozuvi tushirilgan dumaloq sirlangan koʻk medalon hamda olmoslar bilan bezatilgan toʻrtta halqadan iborat boʻlgan.
Orden bilan taqdirlanganlar
Amir Abdulahadxon davrida orden bilan mahalliy va rus amaldorlar taqdirlangan. Oxirgi marta orden bilan taqdirlash Buxoro amirligi qulashi paytida, 1920-yilda yuz bergan.
Manbalar
uz.wikipedia.org