Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti




Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti  — 2020-yil 27-fevralidagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining  PQ-4623-son „Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroridan soʻng, respublika hududida joylashgan beshta universitet negizida yangi institutlar tashkil etilgan. Shu jumladan Buxoro davlat universitet qoshida Buxoro davlat Pedogogika instituti tashkil qilingan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-iyundagi buyrugʻi bilan Mirzohid Daminov Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlanadi. Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlangan.

Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar



Buxoro davlat universitetining Pedagogika institutida 4 ta fakultet, 11 ta kafedra 2 ta markaz va 20 ta boʻlim faoliyat olib bormoqda. Institutda, shuningdek, 19 ta kunduzgi, 4 ta kechki, 11 ta sirtqi taʼlim shakli mavjud. 2021/2022-yil oʻquv yilida jami talabalar soni 3 907 nafarni tashkil etgan.

Institutda 2 nafar fan doktori, 153 ta fan nomzodi, 24 ta katta oʻqituvchi va 66 ta o'qituvchi faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro aloqalari



Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Xalqlar doʻstligi universiteti va Penza davlat universiteti bilan hamkorlik qilib keladi. Bundan tashqari Turkiyaning Kutahya Dumpilpinar universiteti, Necmittin Erbakan universiteti va Marmara universitetlari bilan ham hamkorlik oʻrnatgan.

Institutning asosiy vazifalari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz