Buxoro astragali




Buxoro astrgali (Astragalus bucharicus Regel,Бухарский астрагал) — Janubi Gʻarbiy Pomir-Oloyda tarqalgan kamyob(yo'qolib borayotgan) endemik turga kiruvchi oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil(Flora) kitobiga kiritilgan.

Qisqacha tavsifi



Boʻyi 20-25 cm, deyarli poyasiz yoki qisqa poyali(2-3 cm), koʻp yillik o't.Barglari oddiy yoki murakkab, uchta bargchadan tashkil topgan, bargi bandi uzun, yarim yotiq tuklar bilan qoplangan. Bargchalari keng ellips yoki keng tuhumsimon shaklda, baʼzan yumaloq. Gulpoyasi 15 cm uzunlikda, popuklari momiq va gʻovak. Guli yashil-sargʻish rangli. Dukkagi choʻziq yumaloq shaklda. Aprelda gullab, may-iyun oylarida mevasi pishib, yetiladi.

Tarqalishi



Surxondaryo viloyati:Koʻhitang va Hisor tizmalarida(Xoʻjagurgur-Ota,Choʻlbayir,Gʻozimoylik,Oqboshtogʻ),Xondiza daryosi havzasida hamda Bobotogʻning Chagam qishlogʻi yaqinida tarqalgan.Buxoro,Navoiy viloyatida ham keng tarqalgan o'simlik.Tojikiston va Oʻzbekistondan tashqarida ham uchraydi.

Oʻsish sharoiti



Ola-bula, loyqa va gipsli tuproqlarda, qizil qumtoshlarda oʻsadi. Parvarish talab qilmaydi.

Soni



Yakka holda,3-4 tupi birgalikda yoki kichik toʻplar hosil qilib oʻsadi, urugʻidan koʻpayadi. Hozirda bu oʻsimlikning aniq soni mavjud emas.

Oʻsimlikning kamayish sabablari



Aniq maʼlumotlar yoʻq. Lekin gipsli jinslardan tashkil topgan oʻziga xos tuproq sharoitida oʻsishga moslashganligi uchun aryeali kengaymasligi mumkin.O'simlikning chorva mollar tomonidan iste'mol qilingani ham uning kamayishiga olib keladi.

Qo'shimcha ma'lumot



OʻzR FA Botanika bogʻida ekib oʻstirilmoqda. Muhofaza choralari mavjud emas.Butkov,Villis,Yong'oqsimon,Zarhal va Buxoro astragallari bir oilaga mansub.

Havolalar



1.https://powo.science.kew.org/taxon/urn:lsid:ipni.org:names:476565-1 -> Buxoro astragali oʻsimligining rasmlari,gerbariy va uning xaritadagi joylashuvi(ingliz tilida).

2.https://plants.jstor.org/stable/10.5555/al.ap.specimen.e00385426 -> Buxoro astrgali haqida qoʻshimcha maʼlumot va gerbariy(ingliz tilida).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz