Buxoriy Ubaydulloh ibn Masʼud ibn Umar Toj ash-sharʼia al-Buxoriy




Buxoriy Ubaydulloh ibn Masʼud ibn Umar Toj ash-sharʼia al-Buxoriy (?, Buxoro — 1346) — qomusiy olim. Hirotda ijod qilgan. Buxoriydan matematikaga doir „Algebraik masalalar“ („Masoil al-jabriya“), „Hisob“, „Meros taqsimlash haqida fan“ („Taʼlimi faroiz“) nomli asarlar qolgan. Buxoriyning qomusiy asarlaridan „Qisqa kafolatni tozalash“ (An-nuqaya muxtasar al-viqaya") diqqatga sazovor. Buxoriy Ali Fargʻoniy Margʻiloniyning (?—1197) „Rahbarlik masalalarida kafolat haqida hikoya“ („Viqaya ar-rivaya fi masoil al-hidaya“) deb ataluvchi asarini qisqacha va tushunarli bayon etgan. Buxoriy asarlari Angliya, Vengriya, Germaniya, Tojikiston va Oʻzbekiston qoʻlyozmalar fondlarida saqlanadi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz