Buvot gʻazoti
Buvot g‘azoti 623-yil oktabyrda yoki hijriy 2-yilda, Rabiul-avval oyida bo‘lib o‘tgan. Muhammad alayhissalom 200 kishilik qo‘shin bilan Quraysh karvoniga qarshi yurish uchun yo‘lga chiqadilar. Bir muddat Buvotda qolib, jang bo‘lmasdan ortga qaytadilar.
Voqea bayoni
Vaddan g‘azotidan taxminan bir oy o‘tgach, Muhammad alayhissalom shaxsan ikki yuz kishini, jumladan, muhojirlar va ansorlarni Umayya ibn Xalaf boshchiligidagi Quraysh karvoni yo‘lidagi Buvotga olib bordilar. Biroq, hech qanday jang bo‘lmadi. Haykalning yozishicha, Umayya ibn Xalaf boshqa yo‘l tutgan edi. Shundan so‘ng Muhammad alayhissalom Xabar cho‘lidagi Zot as-Soqga chiqdilar. U yerda namoz o‘qiganlar va o‘sha yerda masjid qurilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org