Butunjahon radio kuni




Butunjahon radio kuni ( YUNESKOning boshqa rasmiy tillarida :inglizcha: World Radio Day, arabcha: اليوم العالمي للإذاعة ‎ ispancha: Día Mundial de la Radio, xitoycha: 世界广播日, fransuzcha: Le jour mondial de la radio) — YUNESKO Bosh anjumanida 13-fevralda e’lon qilingan.

Tarixi



Bu Butunjahon radio kuni muassasasini bunyod etish g‘oyasi Ispaniya radio akademiyasi prezidenti Xorxe Alvaresdan chiqqan. 2008-yil yanvarda u YUNESKO Bosh direktori Koitiro Masuuradan qo‘llab-quvvatlashini so‘radi.

2011-yil 19-oktabrda YUNESKO Bosh anjumani 36 C/63 rezolyusiyasida 13-fevralni Jahon radio kuni deb e’lon qiladi. 1946-yilning ayni shu sanasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan BMT radiosiga asos solinadi. Dastlab, bu taklif Ispaniyaning YUNESKOdagi doimiy delegasiyasidan kelib tushadi .

Shunga ko‘ra, 2012-yildan buyon Ispaniya radio akademiyasi ushbu kunni har yili nishonlashni yo‘lga qo‘yish va shu tariqa ushbu aloqa vositasining nufuzini oshirish maqsadida Butunjahon radio kuni Xalqaro qo‘mitani yaratishga ko‘maklashdi .

2013-yil 14-yanvarda BMT Bosh Assambleyasi Butunjahon radio kuni deb e’lon qilinishini rasman qabul qiladi. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyalarining 67-sessiyasida YUNESKO Bosh anjumanining 36-sessiyasi to‘g‘risidagi rezolyusiya qabul qilinadi, unda 13-fevral Butunjahon radio kuni deb e’lon qilinadi. Ayni bu tashabbus ham Ispaniya Qirolligidan chiqadi va Ispaniyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan ma’qullanadi .

Butunjahon radio kuni mavzulari




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz