Butunjahon oʻrgimchak toʻri
Butunjahon oʻrgimchak toʻri (inglizcha: World Wide Web; qisqartmasi:
WWW ) butun Internet boʻylab hujjatlar va boshqa veb-resurslarni kirishga imkon beradigan axborot tizimidir.
Butunjahon oʻrgimchak toʻri jahondagi hukmron (asosiy) dasturiy platformaga aylandi. U milliardlab odamlar uchun Internetga kirishda foydalaniladigan asosiy vosita hisoblanadi.
WWW avvalboshda hujjatlarni boshqarish tizimi boʻlishi reja qilingan. 1989-yilda Tim Berners-Lee CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti) da WWW serverining ilk prototipini ishlab chiqdi. 1991-yilda esa ommaga havola etildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org