BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YOSHLAR SOYUZI
BUTUNITTIFOQ LENINCHI KOMMUNISTIK YOSHLAR SOYUZI (VLKSM) — sobiq Ittifoqda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy tashkiloti. 1918 yil 29 oktabrda RSDRP (b) tashabbusi va rahbarligida I butun Rossiya ishchi va dehqon yoshlarining uyushmalari s’yezdida tuzilgan. Dastlab RKSM, 1924 yildan RLKSM, 1926 yildan VLKSM deb atalgan. 14-28 yoshdagi yigit-qizlar qabul qilingan. Tashkiliy jihatdan sobiq KPSSdan Andoza olib tuzilgan. Yoshlar orasida komfirqa siyosatini olib borgan. O’zbekistonda tuzilgan yoshlar tashkiloti (O’zlksm) ham uning tarkibiy qismi edi. VLKSM o’zining 22-favqulodda s’yezdida (1991 yil sent.) kommunistik yoshlar uyushmalarining federasiyasi sifatida siyosiy rolini o’tab bo’ldi, deb hisoblandi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz