BUTUN ROSSIYA FAVQULODDA KOMISSIYASI (VChK) aksilinqilobiy harakatlar va sabotajga qarshi kurash maqsadida tuzilgan organ (1917-22). 1917 yil dekabrda F. E. Dzerjinskiy raisligida tuzilgan. 1918 yilda mahalliy gubernya, uezd (1919 yil yanvarda bekor qilingan), transport, front va armiya favqulodda komissiyalari tashkil etilgan. Asosan siyosiy printsip negizida ommaviy ravishda shafqatsiz qatag’onlar uyushtirgan, “qizil terror”ni amalga oshirgan. 1922 yilda Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) qilib qayta tuzilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish