BUTUN OLAM TORTISHISH QONUNI
BUTUN OLAM TORTISHISH QONUNI, Nyutonning tortishish qonuni — moddiy zarralarning o’zaro tortishishi to’g’risidagi qonun; tabiatning universal qonuni. Massalari T1 va T2 bo’lgan va bir-biridan g masofada turgan moddiy zarralarning o’zaro tortishish kuchi ushbu formuladan topiladi: G’= Gmlm2/ r2; bunda: G — gravitasion doimiy. Moddiy zarralar deganda o’lchamlari shu zarralar orasidagi masofadan ancha kichik jismlar, ya’ni moddiy nuqtalar tushuniladi. Real jismlarning o’zaro tortishish kuchini aniqlash (o’lchamlari, shakllari va zichliklarini hisobga olgan holda) uchun shu jismlar shartli ravishda parchalanadigan alohida mayda zarralar juftlari orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarining geometrik yig’indisini topish lozim. Demak, ikki shar orasidagi o’zaro tortishish kuchini yuqoridagi formuladan topish mumkin ekan (buning uchun g sifatida sharlar markazi orasidagi masofani qabul qilish lozim).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish
Uzpedia.uz