Butun dunyo ozarbayjonlarining birdamlik kuni
Butun dunyo ozarbayjonlarining birdamlik kuni 1991-yil 16-dekabrda oʻsha paytda Naxichevan Muxtor Respublikasi Oliy Majlisi raisi lavozimini egallab turgan Haydar Aliyev tomonidan birinchi marta dunyo ozarbayjonlarining birdamlik kuni eʼlon qilingan, shundan soʻng bu butun Ozarbayjon xalqining milliy bayramiga aylangan. 31-dekabrda nishonlanadi.
Dunyodagi ozarbayjonlar soni bir necha oʻn millionlarni tashkil etadi, ularning aksariyati Ozarbayjon Respublikasidan tashqarida: Eron, Turkiya, Rossiya, Gruziya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Ukraina, qator MDH mamlakatlari va Skandinaviya kabi davlatlarda yashaydi. Eng katta ozarbayjon irredentasi (kamida 15,5 million kishi)) Eronda yashaydi.
1989-yil 31-dekabrda Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi hududida olomon Sovet-Eron chegarasini vayron qildi. Minglab ozarbayjonliklar Erondagi vatandoshlari bilan birodarlik qilish uchun koʻp oʻn yilliklardagi birinchi imkoniyatdan ilhomlanib Araks daryosidan oʻtishd. Shu kuni Istanbulda ozarbayjonliklarning birinchi Jahon Kongressi ochildi. 31-dekabrni Jahon ozarbayjonlari birdamlik kuni deb eʼlon qilinishiga shu ikki voqea sabab boʻldi.
Butun dunyo ozarbayjonlarining birdamlik kuni milliy bayramining asosiy gʻoyasi barcha ozarbayjonliklarning ahilligi va birdamligi, Ozarbayjon hukumatchiligi, xalqimizning milliy va maʼnaviy qadriyatlarga hurmati, ozarbayjon xalqiga tegishli gʻoya va hissiyotlar, tarixiy vatanga bogʻlanganlik kabi tuygʻularni qamrab oladi.
Manbalar
Yana qarang
Havolalar
uz.wikipedia.org