Butter
„Butter“ (tarjimasi: „Sariyogʻ“) — Janubiy Koreyaning „BTS“ oʻgʻil bolalar guruhining qoʻshigʻi boʻlib, „Big Hit Music“ va „Sony Music Entertainment“ kompaniyasi tomonidan 2021-yil 21-mayda ingliz tilida kuylangan ikkinchi singl sifatida chiqarilgan.
Yaratilish tarixi
2021-yil 5-aprelda, yaponcha „Film Out“ singli chiqqanidan bir necha kun oʻtib, „BTS“ huruhi may oyida yana bir singlni chiqarishi maʼlum boʻldi. Biroq, „Big Hit Music“, „biz sanʼatkorlarimizning rejalarini ular yakunlangandan keyin oshkor qilamiz“ deb eʼlon qildi. 2021-yilning 26-aprelida guruh bir soatlik YouTube platformasida orqa fonda oshxona tovushlarini oʻz ichiga olgan jonli efirida singlni eʼlon qildi. Chiqarilish sanasi va muqovasi ularning ijtimoiy tarmoqlari orqali ommaga taqdim etildi. Singl 2021-yil 25-mayda zamonaviy xitlar radiosida (CHR) chiqarildi.
Guruh 21-may kuni „Butter“ singli taqdimoti va muxlislar bilan savol-javobda ishtirok etish uchun „Big Hit Entertainment“ kompaniyasining „Melon Station“ stansiyasidagi „BigHit Music Record“ yangi eksklyuziv radio-serialida mehmon sifatida paydo boʻldi. Guruh 2021-yil 23-mayda Billboard Music Awards marosimida qoʻshiqni birinchi marta jonli ijroda aytdi.
Musiqasi va matni
„Butter“ qoʻshigʻining dastlabki hisobotlarida u „BTS ning silliq, ammo xarizmatik jozibasi bilan toʻldirilgan raqsbop pop janridagi qoʻshigʻi“ deb taʼriflangan.
Klip
18-may kuni „Hybe Label“ kompaniyasining „Butter“ qoʻshigʻiga olingan musiqiy video qoʻyilishidan oldin guruhning YouTubeʼdagi rasmiy kanalida 23 soniyalik video tizer paydo boʻldi. Billboard tizerning „funk beat“ ijrosini „Queen“ guruhining „Another One Bites the Dust“ qoʻshigʻini „esga soluvchi“ deb taʼriflagan.
Chartlar
Rekordlar
Chiqish jadvali
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org