BUTLI BAQALAR



BUTLI BAQALAR (Pelodytes) dumsiz amfibiyalar turkumiga mansub sassiq baqalar oilasi urug’i. 2 turi bor. G’arbiy Yevropa pasttekisliklarida ola Butli baqa (P. punctatus), Kavkaz tog’larida ikkinchi turi — Kavkaz Butli baqasi (R. caucasica) uchraydi. Butli baqalarning terisi g’adirbudur, usti to’q qizil bo’lib, qora va yashil xollari bor. Qorni oq, urg’ochisining orqasida butsimon oq dog’i bo’lganidan Butli baqalar deb ataladi. Panjalari orasidagi suzgich pardalari kuchsiz rivojlangan. Nog’ora pardasi tashqaridan ko’rinib turadi. Kunduzi pana joylarda yashirinib yotadi, kechasi chiqib hasharotlar bilan oziqlanadi. Yoz davomida tuxum qo’yib (20 dan 500 tagacha) ko’payadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz