BUTILKA BURUNLAR



BUTILKA BURUNLAR (Hypereodon) — kitlar urug’i. Uzunligi 9,4 metrgacha. Tanasi to’q kulrang, qorin tomoni oqish tusli. Peshonasida yog’ moddasidan hosil bo’lgan qiya bo’rtig’i bor. Tishlari konussimon, 2 juft, pastki jag’larida joylashgan. 2 turi ma’lum. Do’ng peshona Butilka burunlar (N. ampullatus) Atlantik aokeanining shimol qismida uchraydi, oq, Barents va Boltiq dengizlariga ham kiradi. Hozir deyarli qirilib ketganligi sababli Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Yassi peshona Butilka burunlar (N. planifrons) uzunligi 7,5 metrgacha, Janubiy yarim sharda uchraydi. Butilka burunlar boshoyoqli mollyuskalar bilan oziqlanadi, ancha chuqur va uzoq (ba’zan 1 soatdan ko’proq) sho’ng’iydi. Ochiq dengizda ovlash man qilingan (1978 yildan).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz