Butilen
Butenlar , butilenlar — toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi CH. Molar massasi 56,11, rangsiz gaz. Uchta izomeri maʼlum: normal buten-1 (α-butilen) CH=CH—CH—CH; normal buten-2 (β-butilen, psevdobutilen) CHCH=CHCH va izobuten (izobutilen) (CH)C=CH. Normal buten-2 ning trans va sis shakllari mavjud. Buten alkenlarning xossalarini namoyon qiladi. Buten suvda yomon, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi; sanoatda neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda butil spirtni katalizator ishtirokida degidratlab olinadi. Butendan butadiyen, butil kauchuk (oppanol), surkov moylari, suyuq yonilgʻi va boshqa mahsulotlar olinadi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org