Butifos




Butifos , DEF — paxta maydonlarini mashina terimiga tayyorlashda gʻoʻza barglarini toʻkish uchun qoʻllanilgan kuchli defoliant. Yuqori trada qaynaydigan och sariq rangli suyuqlik. Yoqimsiz hidli, suvda umuman erimaydi. Moyli eritma va 70% li emulsiyalanuvchi konsentrat holida ishlatiladi. Defoliant har qanday obhavo sharoitida ham yuqori taʼsir xususiyatiga ega. Preparat kam dozalarda (1,4–3 kg/ga) qoʻllanilganiga qaramay, juda zaharli. Oʻrta Osiyoning paxtachilik mintaqasida 50—80-yillarda keng qullanilgan. 1981-yildan Oʻzbekistonda va boshqa respublikalarda atrof muhitga koʻrsatgan zararli oqibatlari uchun B.ni gʻoʻza maydonlarida defoliant sifatida qoʻllash man etilgan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz