Butenlar




Butenlar , butilenlar — toʻyinmagan uglevodorodlar, umumiy formulasi CH. Molar massasi 56,11, rangsiz gaz. Uchta izomeri maʼlum: normal buten-1 (α-butilen) CH=CH—CH—CH; normal buten-2 (β-butilen, psevdobutilen) CHCH=CHCH va izobuten (izobutilen) (CH)C=CH. Normal buten-2 ning trans va sis shakllari mavjud. Buten alkenlarning xossalarini namoyon qiladi. Buten suvda yomon, koʻpgina organik erituvchilarda yaxshi eriydi; sanoatda neftni qayta ishlash mahsulotlaridan hamda butil spirtni katalizator ishtirokida degidratlab olinadi. Butendan butadiyen, butil kauchuk (oppanol), surkov moylari, suyuq yonilgʻi va boshqa mahsulotlar olinadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz