BUTENANDT



BUTENANDT (Butenandt) Adolf Fridrix (1903.24.3, Bremerxafenleo) — nemis kimyogari va biokimyogari. Myunxen universitetining professori (1956— 72), M. Planka jamiyati qoshidagi biokimyo instituti direktori (1936-66). Asosiy ishlari jinsiy gormonlarni o’rganishga bag’ishlangan. Esteron (1929), androsteron (1931), steron (1939) kabi jinsiy gormonlarni aniqlagan va ularni kimyoviy usulda sintez qilish usulini ishlab chiqqan. Ipak qurtidan bombikol feramonini ajratib olib, kimyoviy tarkibini aniqlagan (1961). Nobel mukofoti laureati (1939).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz