BUTEFLIKA ABDULAZIZ



BUTEFLIKA ABDULAZIZ (1937, Marokash, Ujda shahri) — Jazoir Prezidenti. 1956 yildan Jazoir milliy ozodlik armiyasi safida. 1962-63 yillarda Jazoir yoshlar va sport, 1963— 78 yillarda tashqi ishlar vaziri. 1965 yilda Jazoir inqilobiy kengash a’zosi. 1981 — 89 yillarda chet elda yashagan. 1989 yildan Milliy ozodlik jabhasi partiyasi MK a’zosi. 1999 yil apreldan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi prezidenti.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz