Butadiyenstirol kauchuklar




Butadiyenstirol kauchuklar , divinilstirol kauchuklar — butadiyen bilan stirolning sopolimerlari. Butadiyenstirol kauchuklar monomerlarni suvli emulsiyada 5° (past trali) yoki ~50°da (yuqori trali) sopolimerizatsiyalab olinadi. Ularda boglangan stirol miqdori 8,23 yoki 45% atrofida boʻladi. Butadiyenstirol kauchuklar k. och sariq rangli birikma boʻlib, aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi, surkov moylari bilan taʼsirlashadi, ketonlar, suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar taʼsiriga chidamli; suvga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan yuqori turadi. Butadiyenstirol kauchuklar k.ni vulkanizatsiyalash uchun asosan oltingugurt ishlatiladi. Tarkibida 8% atrofida bogʻlangan stirol boʻlgan Butadiyenstirol kauchuklar k. dan yasalgan rezina elastik va sovuqqa chidamli. Ular avtomobil shinalari, transportyor tasmalari va boshqa narsalar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz