BUTADIEN KAUCHUKLAR



BUTADIEN KAUCHUKLAR, divinil kauchuklar — butadienni polimerlab olinadigan sintetik kauchuklar. Ularga butadiennatriy, butadiennitril, butadienstirol, polibutadien va boshqa kauchuklar kiradi. Butadien kauchuklarni olishda katalizatorlar sifatida ishqoriy metallar (asosan natriy) qo’llaniladi. Butadiennatriy kauchuk jahonda ilk bor olingan sintetik kauchukdir. Uni Rossiyada 1932 yilda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Butadien kauchuklar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Polibutadien kauchuk avtomobil shinalari, poyabzal tagliklari, kabel qoplamalari va turli xil rezina buyumlari tayyorlashda qo’llaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz