Busriy




Abu Ubaydulloh Muhammad bin Hasson Busriy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Ubayd. Damashq shahri yaqinidagi Busro qishlogʻida tugʻilgan. Abu Turob Naxshabiyning shogirdi. Abu Said Xarroz, Shoh Shujoʼ Kirmoniy, Abu Abdulloh Jallo bilan suhbatda boʻlgan. Abu Abdulloh Jallo uni Zunnun Misriy, Abu Turob Naxshabiy, Abulabbos bin Ato kabi ulugʻ shayxlarga tenglashtirgan.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz