BUSHUYEV MIXAIL MIXAYLOVICH



BUSHUYEV MIXAIL MIXAYLOVICH (1876— 1936.18.2) — zootexnik, agronom. Mirzacho’l tajriba dalasi mudiri (1905— 18), TurkASSR yer ishlari xalq komissari va Turkiston MIK a’zosi (1918-21), RSFSR yer ishlari xalq komissarligi va SSSR Gosplanida rahbarlik lavozimlarida ishladi (1921 — 36). Bushuyev ilmiy ishlari Mirzacho’l sharoitida g’o’za, kanop, makkajo’xori, xashaki va qand lavlagi agrotexnikasi, selektsiyasi, bog’dorchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan. Bushuyev O’rta Osiyoda ingichka tolali g’o’zani ekish tashabbuskorlaridan. Shuningdek, chorvachilik selektsiyasi bilan ham shug’ullangan, mahsuldorligi yuqori bo’lgan yangi qoramol zotini yaratishni boshlab bergan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz