BUSHUY ANATOLIY MIXAYLOVICH



BUSHUY ANATOLIY MIXAYLOVICH (1939.18.4, Sevastopol) — tilshunos. O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (2001). Samarqand universiteti chet tillar fakulteti nemis tili bo’limini tugatgan (1963). Shu universitetda katta o’qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri. Tilshunoslik nazariyasi, roman-german, slavyan va turkiy tilshunoslik, folklorshunoslik, lingvistik informatika, lingvodidaktika va tillar o’qitish metodikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot olib borgan. Mazkur sohalar bo’yicha bir nechta asarlar muallifi: “frazeografiyaning leksikografik tavsifi” (1982), “Frazsologiya nazariyasi asoslari” (1987). “Frazeologik lug’at asoslari” (1993), “til va jamiyat” (2002), “Umumiy va german frazeologiyasi asoslari” (2003), “tilning umumiy tilshunoslik muammosi sifatidagi mohiyati” (2004) va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz