BUSHMENLAR
BUSHMENLAR (gollandcha bosjesman, aynan — o’rmon odami) — xalq, Janub va Sharqiy Afrikaning tub aholisi. 16-19-asrlarda bantu xalqlari Bushmenlarni Namibiyaning cho’l rayonlariga siqib chiqarganlar. Namibiya (85 ming, 1992), Botsvana (35 ming), Angola (8 ming) va Zimbabve (1 ming) da yashaydilar. Bushmen irqiga mansub. Bushmen tillariaya gaplashadilar. An’anaviy ibtidoiy diniy e’tiqodlar saqlangan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz