Busan Lotte shahar minorasi




Busan Lotte Town Tower minorasi , shuningdek, Busan Lotte World Tower nomi bilan ham tanilgan (hangulcha : dabae-hae-hae-hae) 108- qavatli, balandligi 510.1 m (1,674 ft) Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi eng baland osmonoʻpar bino hisoblanadi . inshoot Pusan metrosining 1-liniyasidagi Nampo-dong stantsiyasi qarshsida barpo qilingan.

Minora yangi Pusan Lotte shaharchasining markazida boʻlib, qurilish toʻrt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 2009- yilda qurib bitkazilgan universal doʻkonlar tarmogʻini oʻz ichiga oladi. Ikkinchi bosqichda 2010- yilda univermagga bboshqa qurilish ishlari yakunlandi. Uchinchi bosqich 2014-yilda qurib bitkazilgan bozor va kinoteatr bo‘lib, soʻnggi bosqichda 107 qavatli osmono‘par binoda hashamatli mehmonxona, kuzatuv maydonchasi, ofislar va madaniy ob’ektlarni ichiga oladi. Binoning dizayni shahar portiga nisbatan tik turgan kemaga oʻxshatib qurilgan. Minoraning yer osti avtoturargohiga 2400 dan ortiq avtomobil sigʻishi mumkin. Minorada chakana savdo nuqtalari (1-11-qavatlar), ofislar (12-36), turar-joylar (41-78), hashamatli mehmonxona (82-104) va kuzatuv maydonchasi bilan umumiy foydalanish uchun qavatlar (107-110) mavjud.

2013-yil sentabrda qurilish ishlari moliyalashtirilmagani uchun to‘xtatilgan. Ishlab chiquvchi loyiha uchun zarur to‘lovlarni toʻlaganidan keyin , qurilish qayta tiklanadi. Qurilish 2022-yilda qayta boshlandi.

Qavat rejalari




Galereya



Shuningdek koʻrish




Maʼlumotnomalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz