Buryatlar




Buryatlar (buryatcha: буряад, буряад зон, буряадууд) (oʻzlarini baryaat deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Buryatiya Respublikasining asosiy aholisi (250 ming kishi), Rossiya Federatsiyasida 421 ming kishi, umumiy soni 520 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Buryatlar Mongoliyaning shimolida va Xitoyning shim.sharqida ham yashaydilar. Mongoloid irqiga mansub. Buryat tilida soʻzlashadi. Buryatlar orasida asosan budda — lamaizm, shuningdek xristianlik (pravoslaviye) tarqalgan, eng qad. diniy eʼtiqodlar (shamanizm) ham saqlangan.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz