BURYAKOV YURIY FYODOROVICH



BURYAKOV YURIY FYODOROVICH (1934.15.3, O’sh viloyati; Qirg’iziston) — arxeolog-tarixchi olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1996), tarix fanlari Doktori (1984), O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1956). O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida kichik (1956-59), katta (1959-64) ilmiy xodim, direktor o’rinbosari (1964-66), O’zbekiston Madaniyat vazirligida inspektor (1966-67), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti (hozirgi Arxeologiya instituti) da katta ilmiy xodim (1967-70), ilmiy kotib (1970-73), bo’lim mudiri (1973-79). 1979 yildan shu institut direktori o’rinbosari. Buryakov 1978 yildan Shosh Iloq arxeologiya ekspedisiyasi rahbari. Ilmiy faoliyati Toshkent vohasi hunarmandchiligi, shaharsozligi va madaniyatitarixini o’rganishga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1985). As: Gornoe delo i metallurgiya srednevekovogo Ilaka, M., 1974; Istoricheskaya topografiya drevnix gorodov tashkentskogo oazisa, T., 1975; Toshkent vohasining qadimiy karvon yo’llari, T., 1978; Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa, T., 1982.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz